<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Yuragingda nima bor (anʼanaviy)</title>
<lyrics>[V1]
 Yuragingda nima bor
 Sevgimi yo gʻazabmi?
 Qalbingda ne, bir qara
 Shodlikmi yo azobmi!

[V2]
 Xudo sevgi. Mehribon
 Xudo azob bermaydi.
 Bilimi yoʻq maqtanmas
 &quot;Men&quot; deb koʻkrak kermaydi.

[V3]
 Kamtar yurak, sodda dil
 U Xudoga muhtojdir
 U hech narsa qilolmas
 Bechora, beilojdir.

[V4]
 Yuragingda nima bor
 Tekshirib koʻr, gohida
 Agar sevgi boʻlsa, sen
 Xudoning panohida.

[V5]
 Agar topsang xavotir
 Topsang zarracha qoʻrquv.
 Shaytonni qoʻlidasan
 Tushirar doimo chuv.

[V6]
 Nahot endi bilmasang
 Sen Xudoning farzandi
 Kimniki ayt, Otaning
 Qoʻlidagi bol, qandi?

[V7]
 Ayub aytdi: &quot;Men nedan
 Qoʻrqsam keldi boshimga&quot;...
 Koʻp narsa bogʻliq doʻstim
 Yurakdagi &quot;tosh&quot;imga.

[V8]
 Yuragingda nima bor?
 Sevgi boʻlsin Otadan.
 Qoʻrquv ruhi ostida
 Qul boʻlmaylik qaytadan.</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>